12:07 / 03.05.2021
2306
Koson tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

Qashqadaryo viloyati Koson tumani ichki ishlar bo‘limiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Ilhom Qutlimuratov Koson tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Ilhom Qutlimuratov 1970 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida tug‘ilgan. U faoliyati davomida Ichki ishlar vazirligi tizimidagi turli lavozimlarda ishlagan. 2019 yilda Sirdaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

Ma'lumot uchun, bugun 3 may kuni Koson tumani IIB boshlig‘i Ulug‘bek Otaqulov o‘z lavozimidan ozod qilinib, Shahrisabz shahar IIB boshlig‘i etib tayinlangan.

Top