02:02 / 03.05.2021
11190
La Liga. «Barselona» safarda «Valensiya» ustidan g‘alaba qozondi, Messidan dubl
Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya chempionatining 34-turida «Barselona» mehmonda «Valensiya»ni mag‘lub etdi. Gabriel va Solerning gollariga Messi (2ta) va Grizmann javob berishdi.

«Barselona» ochkolarini 74taga yetkazib, 3-o‘rinda bormoqda va peshqadam «Atletiko»ni ta'qib qilishda davom etmoqda. «Valensiya» 36 ochko bilan 14-pog‘onada qoldi. 

La Liga, 34-tur, 2 may

Valensiya — Barselona 2:3
Gollar:
Gabriel (50), Soler (83) — Messi (57, 69), Grizmann (63). 
Amalga oshirilmagan penalti: Messi (57).
Valensiya – Sillessen, Toni Lato (Diakabi, 64), Gilyamon (Gameyro, 79), Gayya, Vass, Gedesh, Rachich (Oliva, 79), Gabriel Paulista, Soler, Terri Korreyya, Maksi Gomes. 
Barselona – ter Stegen, Dest (Serji Roberto, 75), Arauxo, Langle, Alba, de Yong, Buskets, Pedri (Moriba, 75), Pike, Messi, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Rachich (35), Toni Lato (56), ter Stegen (65).

Vilyarreal — Xetafe 1:0
Gol:
Pino (79). 

Granada — Kadis 0:1
Gol:
Sobrino (39). 

Valyadolid — Betis 1:1
Gollar:
Vaysman (68) — Ruibal Garsiya (49).

Top