10:47 / 03.05.2021
518
Lotin yozuviga asoslangan qoraqalpoq alifbosiga qachon to‘liq o‘tilishi ma'lum qilindi

2023 yil 1 yanvardan boshlab Qoraqalpog‘istondagi barcha tashkilotlarda ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan qoraqalpoq alifbosiga to‘liq o‘tiladi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Perdeg‘aliy Dabilov ma'lum qildi.

Vazirlar Kengashi raisi maslahatchisi Nukusdagi davlat tilida ish yuritishga ixtisoslashgan bo‘linma faoliyati bilan tanishdi. U tinglovchilar bilan muloqotda Qoraqalpoq tili izohli lug‘atiga ham to‘xtalib o‘tdi. Dabilovning aytishicha, Qoraqalpoq tilining yangi izohli lug‘ati shu yilning iyun oyida nashrdan chiqadi. U 5 tomdan iborat bo‘ladi.

Qo‘shimcha qilinishicha, 2021 — 2030 yillarda qoraqalpoq tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqilgan. Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesiga yuborilgan. U yerdagi muhokamalardan keyin hukumat qarori chiqishi kutilmoqda.

Top