14:31 / 03.05.2021
10445

O‘zbekiston Turkiyaga gumanitar yordam yubordi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, joriy yil 2 may kuni Turkiyaga koronavirus infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yordami yuborildi.

O‘zA xabariga ko‘ra, Turkiyaga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida qabul qilingan hukumat farmoyishiga asosan “Uzbekistan Airways” tomonidan ajratilgan yuk samolyotida Istanbul shahriga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bir martalik respirator Ecos N 95 tibbiy niqobidan bir million dona yetkazib berildi.

“Mamlakatlar koronavirus infeksiyasining shiddatli tarqalishiga qarshi kurashishda yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan muborak Ramazon oyida Turkiyaga shunday og‘ir kunlarda ko‘rsatilgan yordam O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari yuqori darajada ekanidan dalolatdir”, deyiladi xabarda.

Bundan oldin, O‘zbekiston hukumati Hindistonga mobil kislorod konsentratorlari to‘plamlari va turli dori vositalaridan tarkib topgan insonparvarlik yordamini yuborgandi.

Top