17:44 / 03.05.2021
1719

Samarqand viloyatida 2021 yil 1-chorakda 7,9 milliard so‘m budjet mablag‘lari sarflanishida qonunbuzilish holatlari aniqlangan

2021 yil 1-chorakda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishida Samarqand viloyatida 7,9 milliard so‘mlik qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021 yil 1-chorakda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma'lumotda ma'lum qilinishicha, mamlakat bo‘ylab 189,1 milliard so‘m mablag‘ sarflanishida qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.

Mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 189,1 mlrd so‘m miqdorida, jumladan, Sirdaryo (40,2 mlrd so‘m), Jizzax (23 mlrd.so‘m), Andijon (19,8 mlrd so‘m), Toshkent (12,1 mlrd so‘m), Qashqadaryo (11,4 mlrd so‘m), Surxondaryo (8,9 mlrd so‘m), Farg‘ona (8,1 mlrd so‘m), Xorazm (6,4 mlrd so‘m), Buxoro (6 mlrd so‘m), Namangan (5,2 mlrd so‘m), Navoiy (1,4 mlrd so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (16,5 mlrd so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (21,9 mlrd so‘m) qonunbuzilish holatlari qayd etilgan.

Top