15:50 / 03.05.2021
5177

“Saxovat egalaridan minnatdorman” – Kun.uz’da xayriya uyushtirilgan bemor Hindistondan sog‘ayib qaytdi

Jigar sirrozi bilan og‘rigan Iqbol Begmatova haqida hikoya qilingan «Olislarda dard bilan qolib ketmay» – Hindistonda og‘ir operatsiya o‘tkazgan yurtdoshimiz yordamga muhtoj» sarlavhali xayriyamizdan so‘ng juda ko‘pchilik yurtdoshlarimiz yordam qo‘lini cho‘zdilar. O‘zbekistonga sog‘-salomat qaytgan Iqbol bugun barchaga minnatdorlik bildirish uchun Kun.uz’ga tashrif buyurdi.

 – Karantin paytida Hindistonga yetib kelgunimizcha o‘zi juda qiynalib qolgandik. Musofir yurtlarda ishonchsizlikka ko‘milib qolganimda, dard yengib borayotganida xalqimizdan yordam so‘rab murojaat qilgandim. Allohga shukr, saxovatli insonlarning har biriga alohida rahmat. Meni olislarda ko‘maksiz qoldirmadilar. Murakkab operatsiya o‘tkazdim, asta-sekin oyoqqa turdim. Bugun hayotga qayta kelgandekman, hammaga ulug‘ Ramazon oyi muborak bo‘lsin, – dedi Iqbol Begmatova biz bilan suhbatda.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top