15:16 / 03.05.2021
3167
UZEX: Aprel oyidagi asosiy o‘zgarishlar

2021 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida jami 25,0 trln so‘mlik bitimlar tuzildi va ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 56 foizga ga ko‘pdir. Bunda, tuzilgan bitimlar hajmining 88,4 foizini birja savdolariga, qolgan qismi esa elektron tijorat savdo tizimlari, shu jumladan ko‘rgazma-yarmarka savdolari, elektron davlat xaridlari, avtoraqam va mobil raqam onlayn auksionlariga to‘g‘ri keladi.

Joriy yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ochiq birja savdolariga yangi turdagi mahsulotlarni jalb qilish ishlari amalga oshirildi.

Joriy yil aprel oyida “Navoiyazot” AJ ham birja savdolari orqali 4539 tonna polivinilxlorid (PVX)ni mahsulotning bir tonnasi uchun o‘rtacha 16,2 mln so‘mdan va 147 tonna formalinni o‘rtacha 2,9 mln so‘mdan sotdi.

Shuningdek, o‘tgan oyda birja savdolari orqali 220 kg kumush sotildi. O‘tkazilgan birja savdolari yakunlariga ko‘ra 1 gramm kumushning o‘rtacha narxi 8700 so‘mni tashkil etdi.

Birjaning kotirovkalash varag‘iga kiritilgan yangi turdagi mahsulotlar bo‘yicha birjadagi narxlar talab va taklif bozor qonunlari asosida shakllandi. O‘z navbatida, tadbirkorlik sub'yektlari mazkur tovar resurslaridan erkin foydalanishga, sotuvchi korxonalar esa shaffof birja savdolari evaziga qo‘shimcha daromad olishga muvaffaq bo‘lishdi.

“O‘zRTXB” AJ PR bo‘limi

Top