07:46 / 04.05.2021
845
Bugundan Nukusdagi  «Bazar stayanka» noma'lum muddatga yopildi. Damas va avtobuslarlar ikkiga ajraldi
Foto: KUN.UZ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vazirligining ma'lum qilishicha, 4 may kunidan boshlab Nukus dehqon bozori qarshisidagi «Bazar stayanka» yopilmoqda. Bunga sabab sifatida avtoturargohda ta'mirlash ishlari olib borilayotgani aytilmoqda. 

 «Bazar stayanka» kirib chiquvchi yo‘nalishli Damaslar Arena savdo majmuasi («Korzinka») oldidagi turargohga joylashtiriladi. Savdo majmuasining o‘ziga keladigan yengil avtomashinalar qayerga joylashtirilishi borasida hozircha ma'lumot berilmadi.

Shuningdek, Markaziy Nukus dehqon bozoridan chiquvchi 51-, 12-, 21-, 38-, 25-, 7-, 16-yo‘nalishdagi avtobuslar Pushkin ko‘chasi (oldingi «Aral» do‘koni qarshisiga, tunelga) vaqtincha ko‘chirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Nukus shahri hokimi Utemurat Panayev «bazar stayanka»dan bu yil ham suv kechib o‘tilishi borasidagi savolga javob bergandi.

Top