12:56 / 04.05.2021
3494
Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

Milliy gvardiya tizimida 3 may kuni 3 ta viloyat bo‘yicha bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, tayinlovlar Milliy gvardiyaning Farg‘ona, Jizzax va Samarqand viloyatlari boshqarmasida amalga oshirilgan.

Ma'lum qilinishicha, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Shavkat Akbarov Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Boshqarmaning sobiq rahbari podpolkovnik O‘rinboyev Qudratjon G‘ayratjonovich qayerga ishga o‘tgani ma'lum qilinmagan.

Avvalroq, MIB Farg‘ona viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlangani haqida xabar berilgan edi. 

Top