12:11 / 04.05.2021
2214

Namanganda samolyot nosozligi sabab charter reys parvozi to‘xtatildi

Namangan xalqaro aeroportidan Moskvaga parvozni amalga oshirishi rejalashtirilgan samolyot dvigatelidagi nosozlik sabab parvoz to‘xtatilgan.

Joriy yilning 3 may kuni soat 19:50 larda «REDWINGS» aviakompaniyasi tomonidan «Namangan-Moskva» yo‘nalishida charter aviareysini amalga oshirish rejalashtirgan edi. Ammo havo kemasining texnik nosozligi tufayli ushbu parvoz vaqtincha qoldirildi. 

«Yo‘lovchilarning bir qismi Namangan shahridagi mehmonxonalardan biriga joylashtirilgan va kerakli shart-sharoitlar yaratib berildi», deya xabar bermoqda aeroport matbuot xizmati. 

Mehmonxona xarajatlari aviakompaniya tomonidan qoplangan. 

Aeroport matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, hozirda aeroport va aviakompaniya hamkorligida muammo tezkorlik bilan bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilgan.

Qoldirilgan aviareys bugun, 4 may kuni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid
Top