08:03 / 04.05.2021
3957

«O‘zgidromet» bosh direktoriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Foto: KUN.UZ

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktorining o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 may kungi 264-son qaroriga ko‘ra, Ibrat Karimov O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ibrat Karimov ilgari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Bundan tashqari, Feruz Safarov O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktorining o‘rinbosari sifatida ish boshladi.

Feruz Safarov «O‘zgidromet»ning modernizatsiya va innovatsiyalarni amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.

Avvalroq, «Milliy PR-markazi» direktori Toshkent viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘lgani xabar qilingandi

Mavzuga oid
Top