08:25 / 04.05.2021
2809

QQDUning koronavirus sabab masofaviy ta'lim shakliga o‘tkazilgan fakultetlari soni 6 taga yetdi

Qoraqalpoq davlat universitetining 3 ta fakultetida o‘qish masofaviy shaklga o‘tkazilgani haqida oldin xabar bergan edik. Universitet matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, yana 3 ta fakultetda o‘qish onlayn shaklga o‘tkazilgan. 

Matematika, fizika va kimyo texnologiyalari fakultetlari talabalarining ayrimlarida koronavirus aniqlangan. Matematika fakultetining 41 ta guruhi, Fizika fakultetining 61 ta guruhi hamda Kimyo texnologiyalari fakultetining 39 ta guruhi talabalari 14 mayga qadar onlayn o‘qishga tarqatib yuborilgan. Hozircha o‘quv muassasasida nechta talaba koronavirusga chalingani haqida ma'lumot berilmadi.

Ma'lumot uchun, oldinroq OTMdagi Yuridik fakulteti, San'atshunoslik fakulteti hamda Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti masofaviy ta'lim shakliga o‘tkazilgandi.

Mavzuga oid
Top