18:11 / 04.05.2021
13594
Rossiya vaksina diplomatiyasining «nojo‘ya ta'sirlari»

New York Times Rossiya vaksina diplomatiyasining oqibatlari haqida yozdi va mart oyida Slovakiya hukumatidagi inqirozni misol tariqasida keltirdi. O‘shanda rasmiy Moskva Slovakiyaga 200 ming dozada «Sputnik V» vaksinasini yetkazib bergandi.

«O‘sha paytlar Slovakiyada koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi dunyoda eng yuqorilaridan biri edi va Rossiya vaksinasi ko‘pchilik uchun umid chirog‘i bo‘lib ko‘ringandi. Lekin pandemiya oqibatlari bilan kurashish va Yevroittifoq qoidalariga amal qilish orasida hushini yo‘qotgan hukumat ancha uzoq muddatli inqirozga kirib qoldi.

Putin o‘tgan yil yozida aytgani kabi bu vaksina tibbiyotda haqiqiy yutuqmi yo‘qmi aniqmas, lekin u favqulodda samarali bo‘lib chiqdi», deb yozadi NYT.

Rossiya vaksinasiga ishonchsizlik Sharqiy Yevropa davlatlari siyosatchilarining ongiga mahkam o‘rnashib olgan. Xususan, Litva bosh vaziri fevralda Rossiya vaksinasini «bo‘lib tashlash va hukmronlik qilish quroli» deb atagan bo‘lsa, Polsha (ehtimoliy xavflarga qaramay) Xitoy vaksinasini sotib olishini e'lon qildi va hech qachon Rossiya vaksinasini olmasligini ma'lum qildi.

Fransiyada esa prezident Makron Putin bilan «Sputnik V» vaksinasini yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qilgan bo‘lsa, Fransiya tashqi ishlar vaziri «Sputnik V»ni tashviqot quroli deb atadi.

Avstriya kansleri Kurs Yevropa regulyatori «Sputnik V»ni sertifikatlashga shoshilmayotganidan jahli chiqqan va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan faqat G‘arbda ishlab chiqarilgan vaksinalarni qo‘llashni nazarda tutuvchi vaksinatsiya dasturi borasida g‘ijillashib olgan.

Slovakiya esa zaharli vaksina diplomatiyasining nojo‘ya ta'siriga eng yorqin misol bo‘ladi oladi.

Bosh vazir Igor Matichning «Sputnik V»ni sotib olish qarori Sharqiy Yevropadagi G‘arbga eng moyil mamlakatni inqiroz yoqasiga olib kelib qo‘ydi, bosh vazirning o‘zi esa iste'foga chiqishga majbur bo‘ldi. Vazirlar Matovichni ularning orqasidan ish ko‘rishda ayblashdi. «Matovich Rossiyaning gibrid urush quroliga taslim bo‘ldi va Slovakiyaning Yevroittifoq bilan hamkorligini shubha ostiga qo‘ydi», degan Slovakiya tashqi ishlar vaziri.

Vaksina sifati qanaqa? NYT Slovakiya biotibbiyot tadqiqot markazi rahbari Silviya Pastorekovaning fikrlarini keltirgan. Markaz «Sputnik V»ni ko‘p marta sinab ko‘rgan. Pastorekovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya vaksinasi barcha zaruriy sinovlardan o‘tgan, lekin davlat regulyatori uni tasdiqlamagan, chunki Yevroittifoqda taqdim qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlar yoki to‘liq bo‘lmagan yo uchdan ikki qismi yo taqdim qilinmagan.

«AstraZeneca va Johnson & Johnson vaksinalarining potensial nojo‘ya ta'sirlari ommaviy va batafsil hujjatlashtirilgan. Lekin biz «Sputnik»ning nojo‘ya ta'sirlari haqida hech narsa bilmaymiz.

Biz Yevropa oilasining bir qismimiz. Binobarin, oilamiz qoidalariga amal qilishimiz shart», deydi Pastorekova.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top