09:10 / 04.05.2021
3986
Surxondaryoda yana bir yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi
Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi. Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Chinor mahallasida qurilgan yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan Oltinsoy tumani Chinor mahallasida qurilgan yangi «Chinor» jome masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu haqdagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirilgan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistondagi masjidlar soni bittaga ko‘payib, 2090ta bo‘ldi. Surxondaryo viloyatidagi masjidlar soni esa 122taga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 may kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida ham yangi «Domullo Mahmud» jome masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilgan va shu haqdagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirilgan edi.

Top