15:58 / 04.05.2021
5514
Tehronda shveysariyalik diplomat ko‘pqavatli binodan yiqilib halok bo‘ldi

Diplomat elchixona birinchi kotibi lavozimida ishlagan va AQSh nomidan faoliyat olib borgan.

Foto: Reuters

Eronda Shveytsariyaning Tehrondagi elchixonasi xodimi ko‘pqavatli binodan yiqilib halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Fojia sababi hozircha aniqlanmagan.

Shveytsariya tashqi ishlar vazirligi bu ma'lumotni tasdiqladi. 

Diplomat elchixona birinchi kotibi lavozimida ishlagan va AQSh nomidan faoliyat olib borgan.

Top