17:47 / 05.05.2021
5179

Afg‘onistonda nechta telekanal va gazeta bor?

“Xalqaro press klub”ning O‘zbekistonda so‘z erkinligiga bag‘ishlangan sessiyasida ishtirok etgan afg‘onistonlik talaba Naqibullo Usmoniy aytgan ma'lumotlar ko‘pchilikni hayratda qoldirdi.

Foto: Getty Images/Manuel Breva Colmeiro

– Albatta, Afg‘onistonda notinchlik bor, lekin shunga qaramay ayni paytda 94 ta telekanal va 196 ta radiokanal faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 483 ta gazeta muntazam chop etib kelinadi, – dedi O‘ZJOKU magistranti Naqibullo Usmoniy.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani agar “Tolibon” harakati bilan tinchlik, o‘tish hukumatini shakllantirish va saylovlar o‘tkazilishi to‘g‘risida kelishuvga erishiladigan bo‘lsa, prezidentlikdan voz kechishga tayyorligini bildirgandi.  

Top