20:27 / 05.05.2021
9228

Bill Geytsning xotini 1,8 mlrd dollarlik aksiyalarga ega bo‘ldi

Melinda Kanada milliy temir yo‘l tarmog‘ining 1,5 mlrd dollarlik 14,1 mln dona aksiyasi va AutoNation avtodilerining 309 mln dollarlik 2,94 mln dona aksiyasiga ega bo‘lgan.

Microsoft asoschisi Bill Geytsning xotini Melinda Geyts ajrashishlari to‘g‘risida ma'lum qilinganidan ikki kun o‘tib, qiymati 1,8 milliard dollardan ortiq aksiyalarga ega bo‘ldi, deb xabar berdi Live Mint.

Bill Geytsning Cascade Investment holding kompaniyasi qimmatli qog‘ozlarni Melinda Geytsga o‘tkazib berdi.

Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiya hujjatiga ko‘ra, Melinda Kanada milliy temir yo‘l tarmog‘ining 1,5 mlrd dollarlik 14,1 mln dona aksiyasi va AutoNation avtodilerining 309 mln dollarlik 2,94 mln dona aksiyasiga ega bo‘lgan.

Forbes jurnalining baholashicha, Bill Geytsning boyligi 130,4 mlrd dollarni, Bloomberg agentligi ma'lumotiga ko‘ra esa 146 mlrd dollarni tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top