08:08 / 05.05.2021
5776
Bugun respublika hududining katta qismida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 
Foto: KUN.UZ

Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 25-30 daraja issiqqacha pasayadi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Top