12:33 / 05.05.2021
10861
IIBB: kaltaklangan 87 yoshli ayol bilan bog‘liq holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: IIBB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda keksa yoshli ayolning yuzida, qo‘l va oyoqlarida ko‘plab ko‘kargan, lat yegan jarohatlar aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat haqidagi xabar 102 raqamiga tibbiyot muassasasidan kelib tushgan. Unga ko‘ra, 26 aprel kuni 1934 yilda tug‘ilgan Toza G. ismli ayol nevarasi, 1983 yilda tug‘ilgan Davron G. tomonidan olib kelingan. Jabrlanuvchining so‘zidan, uni farzandi, 1964 yilda tug‘ilgan Saodat G. va nevarasi, 1989 yilda tug‘ilgan Sevara G. muntazam ravishda urib, qiynab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “v” bandi, ya'ni ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsni qiynash alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. 

Ma'lum qilinishicha, tergov jarayonida jabrlanuvchining so‘ziga ko‘ra, unga tan jarohatlari yetkazgan shaxslarning qilmishiga huquqiy baho beriladi, shuningdek mazkur noqonuniy harakat sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlar o‘rganiladi.  

Top