10:24 / 05.05.2021
20095
Koronavirus: Bir kunda 400dan ortiq kishida virus aniqlandi, shifoxonalarga yotqizilganlar soni 3,5 mingdan oshgan 

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 400dan oshiq yangi kasallanish holati qayd etilib, Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida kasallanish yuqoriligicha qolayotgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 4 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 92724 (+404) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 1 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 84 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,
  • 73 nafari Toshkent viloyatida,
  • 208 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar,
  • Buxoro viloyatida 5 nafar,
  • Jizzax viloyatida 10 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 6 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 6 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 5 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 5 nafar,
  • Xorazm viloyatida 9 nafar,
  • Toshkent viloyatida 38 nafar,
  • Toshkent shahrida 189 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 88535 (+277) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3534 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top