02:01 / 05.05.2021
13366
«Manchester Siti» «PSJ»ni ikkinchi o‘yinda ham mag‘lub etdi va o‘z tarixida ilk bor YeChL finaliga yo‘l oldi
Foto: Twitter/ChampionsLeague

Yevropa Chempionlar Ligasida dastlabki finalchi nomi ma'lum bo‘ldi. 

«Manchester Siti» va «PSJ» jamoalari o‘rtasidagi yarimfinalning javob bahsida ham «shaharliklar»ning qo‘li baland keldi. Mahrezning dubli ingliz klubiga ishonchli g‘alabani keltirdi.

Shu tariqa «Manchester Siti» o‘z tarixida ilk bor YeChL finaliga yo‘llanma oldi. 

Gvardiola jamoasi finalda «Chelsi» — «Real» juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. 

YeChL. Yarimfinal. Javob o‘yini

Manchester Siti — PSJ 2:0
4 may, «Etihad»
Gollar: Mahrez (11, 63). 
Manchester Siti - Ederson, Uoker, Diash, Stounz, Zinchenko, Fernandino, Gundo‘g‘an, Silva (Sterling, 82), Mahrez, Foden (Aguero, 85), de Bryuyne (Jyezus, 82).
PSJ - Navas, Florensi (Dagba, 75), Markinos, Kimpembe, Diallo (Bakker, 82), Paredes (Danilu, 75), Errera (Draksler, 62), Verratti, Di Mariya, Neymar, Ikardi (Ken, 62).
Ogohlantirishlar: Errera (22), Verratti (71), Zinchenko (72), de Bryuyne (74), Kimpembe (87), Danilu (89).
Chetlatish: Di Mariya (69).

Birinchi o‘yin — 2:1.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentyabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top