07:07 / 05.05.2021
301
Navoiyda 1-chorakda qancha davlat xizmatlari ko‘rsatilgani ma'lum qilindi 

Viloyatda joriy yil yakuniga qadar davlat xizmatlari turi 200 taga, onlayn xizmatlar olish esa 60 taga yetkazilishi kutilyapti. Bu haqda DXA Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi. 

Boshqarma boshlig‘i Behzod Safarovning ta'kidlashicha, 2021 yilning 1-choragi davomida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga jami 92 523 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan. 

Ushbu davrda 2 235 ta tadbirkorlik sub'yekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. O‘rganishlar davomida jami davlat xizmati ko‘rsatish bo‘yicha 2 434 ta qonun buzilish holatlari ham aniqlangan. Shuningdek, mazkur davrda FHDYo bo‘limlari tomonidan viloyat bo‘yicha 4 815 ta tug‘ilish, 1 516 ta nikoh, 289 ta ajralish, 1 074 ta o‘lim holati qayd etilgan.  

Matbuot anjumanida jurnalistlarning markazlarda nega xodimlar soni kamligi, subsidiya, ichimlik suv hisoblagichlarini qiyoslovdan o‘tkazish, bog‘cha masalalari va kadastr xizmatlari bo‘yicha savollariga ham boshqarma mas'ullari tomonidan javob qaytarildi.

Top