15:11 / 05.05.2021
16838

Qozog‘iston prezidenti 9 may paradi uchun Moskvaga bormasligi ma'lum qilindi

Foto: gov.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev g‘alaba kuni munosabati bilan Moskvaga tashrif buyurishi rejalashtirilmagan. Bu haqda Qozog‘istonning Rossiyadagi elchisi Yermek Kosherbayev ma'lum qildi.

"Tashrif rejalashtirilmagan", - dedi u.

Uning aniqlik kiritishicha, bayram tantanalarida diplomatik korpus vakillari ishtirok etadi.

Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov g‘alabaning 76 yilligi yubiley sanasi bo‘lmagani bois xorijiy davlatlarga maxsus taklifnomalar yuborilmagani, ammo qo‘shni va ittifoqchi mamlakatlar rahbarlari xohishlari bo‘lsa tantanalarda qatnashishlari mumkinligini aytgandi.

Top