10:14 / 05.05.2021
21426
Qumqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari o‘z joniga qasd qilgan

Qumqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari, podpolkovnik Rustam Sirojiddinov 2 may kuni o‘z joniga qasd qilgan. IIBdagi manba Kun.uz muxbiriga Rustam Sirojiddinov o‘zini osib, joniga qasd qilganini tasdiqladi.

Hozirda ushbu holat IIB, prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda. 

Ma'lumot uchun, Rustam Sirojiddinov bir muddat Denov tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Top