09:00 / 05.05.2021
1055
Salkam 269 milliard qiymatlik loyihaning birinchi bosqichi ishga tushdi

Dehqonobodning 100 dan ortiq qishloqlarini ichimlik suvi bilan ta'minlashi ko‘zda tutilgan «Dehqonobod-Oqsuv» loyihasining 1-bosqichi ishga tushdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu loyihaning qiymati salkam 269 milliard so‘mni tashkil etadi. 78,8 km ichimlik suv quvuri hamda bir sutkada 10 ming 800 m³ suv yig‘ish inshooti qurib bitkazish  rejalashtirilgan.

183 km qishloq aholi punktlarigacha va 310 km ichki suv tarmoqlari, 2 ta 500 m3 lik suv saqlash hovuzi, 1 ta suv taqsimlash inshootlari qurib bitkazilmoqda.

Avvalroq xabar berganimizdek, loyiha to‘liq ishga tushgach, tumanning 78 foizi yoki 116 ta qishloqdagi 113 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi. 

Qurilish ishlari 2018 yil boshlangan bo‘lib, loyihaga jami 268 milliard 400 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Ayni kunga qadar 226 milliard 400 million so‘mlik qurilish montaj ishlari bajarilgan.

Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov ham ishtirok etdi.

Top