18:09 / 05.05.2021
8298

Sudya oqlangan shaxslarning ishga tiklanish tartibi bo‘yicha tushuntirish berdi

Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari Shuhrat Abbosov 4 may kungi matbuot anjumanida nohaq hukm qilingan shaxslar oqlanganidan so‘ng ularning ishga tiklanishi masalasi qanday bo‘lishi haqida ma'lumot berdi.

Shuhrat Abbosovga ko‘ra, oqlangan shaxslarning ishga tiklanishi masalasini ko‘rib chiqish qaysi sudga taalluqliligi bo‘yicha amaliyotda bir necha yil oldin tushunmovchiliklar bo‘lgan, lekin hozir bunday muammo yo‘q.

«Reabilitatsiya qilgan organ prokuratura bo‘ladimi, tergov organi bo‘ladimi, sud bo‘ladimi, ularning xatti-harakatlari aniq belgilab qo‘yilgan.

Jinoyat protsessual kodeksining 310-311-moddalarida qaysi talablar bo‘yicha da'vo ishi yuritish tartibida sudga murojaat qilish huquqi aniq qilib belgilangan.

Shuhrat Abbosov

Unga ko‘ra, reabilitatsiya etilgan shaxslarning huquqlari tiklanganini jinoyat ishlari bo‘yicha sud o‘zining oqlov hukmida e'tirof etadi. Shundan so‘ng, ushbu oqlov hukmi asosida fuqaro ish beruvchisiga borib, o‘zini avvalgi ishiga tiklash, ishsiz yurgan vaqtini ish stajiga qo‘shish va oylik ish haqlarini undirishni ariza yozishi mumkin.

Ariza ish beruvchi tomonidan qanoatlantirilmasa, JPK 311-moddasiga asosan da'vo ish yuritish tartibida ko‘riladi, deya aniq qoida belgilangan. Shu nuqtayi nazardan, mana shu bosqichlardan keyin fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga berilgan biror bir da'vo arizasi ko‘rilmasdan qolmaydi», – deydi Shuhrat Abbosov.

Mavzuga doir:

Top