12:01 / 05.05.2021
3748
Transport vaziriga maslahatchi tayinlandi

Transport vazirining turizm va logistikani rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Timur Bahodirovich Allayarov Transport vazirining Logistika va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Timur Allayarov 2016 yilda Xalqaro Vestminster universitetini tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va boshqa davlat muassasalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Top