19:07 / 05.05.2021
11467

Ulug‘bek Maripov Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi etib tayinlandi

Japarovning farmoniga ko‘ra, yangi konstitutsiyaga muvofiq Qirg‘iziston hukumati vazirlar mahkamasi sifatida qayta tashkil etilmoqda. Mahkamaning barcha a'zolarini prezident tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. Ilgari hukumatni mamlakat parlamenti shakllantirardi. 

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Ulug‘bek Maripovni mamlakat vazirlar mahkamasi raisi etib tayinladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

 Maripov bunga qadar respublika hukumatini bosh vazir sifatida boshqargandi.

Japarovning farmoniga ko‘ra, Artyom Novikov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. 

 Qirg‘iziston prezidenti shuningdek, mahkama a'zolarini ham tayinladi. Barcha vazirlar o‘z lavozimlarini saqlab qoldi. 

Mavzuga oid
Top