13:13 / 05.05.2021
1934
Yilning dastlabki choragida Toshkent shahar sudida bekor qilingan sud qarorlari soni ko‘paydi

4 may kuni Toshkent shahar sudi binosida Toshkent shahar sudi va Toshkent shahar ma'muriy sudi tomonidan ushbu sudlarning 2021 yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan brifingda ushbu sudlarda apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Xususan, 2021 yilning dastlabki uch oyida shahar sudida jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarida jami 381 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari ko‘rib chiqilib, shundan:

  • 242 nafar (63,5 foizi) shaxslarga nisbatan sud qarorlari o‘zgarishsiz qoldirilgan;
  • 92 nafar (24,1 foizi) shaxsga nisbatan sud qarorlari o‘zgartirilgan;
  • 47 nafar (12,3 foizi) shaxsga nisbatan sud qarorlari bekor qilingan.

Bekor qilingan sud qarorlari soni 2020 yilning tegishli davriga nisbatan 24taga ko‘paygan. O‘zgartirilgan va bekor qilingan sud qarorlarining 69 foizi sobiq sudyalar tomonidan ko‘rilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan.

Ma'muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rilishi yuzasidan shahar sudining kassatsiya instansiyasida 560 nafar shaxsga nisbatan ma'muriy ishlar ko‘rib chiqilib, shundan:

  • 235 nafar (41,9 foizi) shaxslarga nisbatan sud qarorlari o‘zgarishsiz qoldirilgan;
  • 225 nafar (40,1 foizi) shaxsga nisbatan sud qarorlari o‘zgartirilgan;
  • 100 nafar (17,8 foizi) shaxsga nisbatan sud qarorlari bekor qilingan.

Ma'muriy huquqbuzarlikka oid ishlar bo‘yicha 2020 yilning tegishli davriga nisbatan o‘zgartirilgan sud qarorlari soni 160taga, bekor qilingan sud qarorlari soni 8taga oshgan. O‘zgartirilgan va bekor qilingan sud qarorlarining 66,7 foizi sobiq sudyalar tomonidan ko‘rilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha 2021 yil birinchi choragida shahar sudi apellyatsiya instansiyasida jami 430ta ish apellyatsiya shikoyatlari (protestlari) asosida ko‘rilgan bo‘lib, shundan:

  • 298tasida (69,3 foizi) sud qarorlari o‘zgarishsiz qoldirilgan;
  • 48tasida (11,2 foizi) sud qarorlari o‘zgartirilgan;
  • 84tasida (19,5 foizi) sud qarorlari bekor qilingan.

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha 1-chorakda shahar hamda tumanlararo iqtisodiy sudi sudyalari tomonidan qabul qilingan sud hujjatlarining 295tasi apellyatsiya instansiyasida qayta ko‘rilib, shundan:

  • 208 tasi (70,5 foizi) o‘zgarishsiz qoldirilgan;
  • 44 tasi (15 foiz) o‘zgartirilgan;
  • 43 tasi (14,5 foiz) bekor qilingan.

Kassatsiya instansiyasida esa iqtisodiy ishlar bo‘yicha 53ta sud hujjati qayta ko‘rilib, shundan:

  • 37tasi (70 foizi) o‘zgarishsiz qoldirilgan;
  • 8tasi (15 foiz) o‘zgartirilgan;
  • 8tasi (15 foiz) bekor qilingan.

Toshkent shahar ma'muriy sudi tomonidan 2021 yilning dastlabki 3 oyi davomida apellyatsiya instansiyasida jami 149ta ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar ko‘rilgan bo‘lib, shundan:

  • 92ta ish (61,7 foizi) o‘zgarishsiz qoldirilgan;
  • 8ta ish (5,4 foizi) o‘zgartirilgan;
  • 44ta ish (29,5 foizi) bekor qilingan;
  • 5ta ish (3,4 foizi) yuritishdan tugatilgan.
Top