14:46 / 05.05.2021
6595
Yunusobod tumani hokimi koronavirusga chalingani ma'lum qilindi

Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimovda koronavirus aniqlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

«Yunusobod tuman hokimi Jahongir Ibrohimovda COVID-19 aniqlangani bois, haftaning har juma kuni fuqarolar uchun tashkil etiladigan sayyor qabulni ma'lum muddat tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Amir Muhitdinov o‘tkazadi», deyiladi xabarda.

Jahongir Ibrohimov 2017 yildan 2020 yilning avgustigacha Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2020 yil 25 avgustdan Bektemir tumani hokimi bo‘lgan, 2021 yilning yanvar oyida Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlangandi.

Avvalroq Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev koronavirusga chalingani xabar qilingandi. 

  • O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat murakkabligicha qolmoqda. So‘nggi kunlarda kunlik kasallanish holatlari soni 400dan yuqori bo‘lmoqda, ayni vaqtda kasallikka chalinib, shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 3500dan oshgan.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top