12:00 / 06.05.2021
10221

O‘zbekistonda Hampton by Hilton Tashkent mehmonxonasi o‘z ish faoliyatini boshlaydi

2021 yilning sentyabr oyida Toshkent shahrining markazida Hampton by Hilton xalqaro tarmog‘ining ilk mehmonxonasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Bugungi kunda Hampton by Hilton mehmonxonalar tarmog‘i jahonning 30 dan ortiq mamlakatlarida mavjud bo‘lib, 2021 yilning sentyabr oyida bu tarmoqning O‘zbekistondagi ilk mehmonxonasi o‘z ish faoliyatini boshlaydi.

Ushbu loyihaning sarmoyadori «ASIA STAR PLAZA» MChJ (O‘zbekiston) bo‘lib, 8 qavatli mehmonxona binosi Amir Temur xiyoboni va poytaxtimizning Vestminster xalqaro universiteti qarshisida qad ko‘tarmoqda.

Poytaxtimizning chet ellik va mahalliy mehmonlariga mo‘ljallangan 175 ta barcha qulayliklari mavjud bo‘lgan ko‘rkam xonalar, shinam lobbi-bar va restoran, zamonaviy texnikalari bilan jihozlangan majlislar va yig‘inlar xonalari hamda trenajyor zali xizmat ko‘rsatadi. Hampton by Hilton Tashkent mehmonlari o‘z vaqtlarini chog‘ o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan, shu jumladan, an'anaviy Hampton nonushtasi ham muhayyo bo‘ladi.

Ushbu loyiha Wellmore Hotel Development ilk milliy boshqaruv kompaniyasi nazoratida bo‘lib, mehmonxonani loyihalashtirish bosqichlaridan boshlab, to xodimlarni ishga olish jarayonigacha Hampton by Hilton brend standartlariga muvofiq holda amalga oshirib kelmoqda. Wellmore Hotel Development bu kabi loyihalarni o‘z boshqaruviga olgan holda, O‘zbekistonning turizm sohasini rivojlantirishda va o‘nlab ish o‘rinlari yaratishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Hampton by Hilton mehmonxonalar tarmog‘i Hilton Worldwide kompaniyasining 18 brendi tarkibiga kirib, o‘z mehmonlariga maqbul narxlarda joylashish va Hamptonality (Xemptonaliti) standartlari bo‘yicha yuqori sifat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

2020 yilda Travel Weekly Reader's Choice Awards jurnaliga ko‘ra 12 yil mobaynida, “O‘rta narx kategoriyasidagi eng yaxshi mehmonxonalar tarmog‘i” sifatida Hampton mehmonxonalari tan olingan. Hampton tarmog‘i ostidagi mehmonxonalar qulay, texnologik va yaxshi jihozlangan xonalar bilan ajralib turadi, ular mehmonxonalarning keng geografiyasi bilan birgalikda Hampton tarmog‘iga, o‘z segmentida yetakchi mavqeyini saqlab qolish va butun dunyoda rekord darajada rivojlanish sur'atini namoyish etishga yordam beradi.

Hampton by Hilton sayyohlarga dunyo bo‘ylab 2600 dan ortiq mehmonxonalarni taklif etadi va yuqori darajadagi mehmonxona brendlari orasida xonalarning soni ko‘pligi bo‘yicha 2-o‘rinni egallaydi.

Reklama huquqi asosida

Top