21:01 / 06.05.2021
8233
Samarqand Turizm politsiyasi rossiyalik sayyohga xizmat ko‘rsatgan gidga tahdid qilgani haqiqatga mos kelmaydi – IIV

 Rossiyalik vloger Pyotr Loviginning Samarqand shahriga qilgan safari davomida Alisher ismli gid unga hamrohlik qilgan.

Keyinroq vloger Samarqand turizm politsiyasi Alisherga tahdid qilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Alisherga «O‘zbekistonni sharmanda qilding», degan vaj bilan litsenziyasidan mahrum qilish va 15 sutkaga qamab qo‘yish bilan tahdid qilishgan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, bu xabar haqiqatga mos kelmaydi.

U Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari Alisher bilan suhbatda faqatgina rasmiy litsenziya olib, so‘ng turistlarga xizmat ko‘rsatishni tavsiya qilishganini bildirdi. 

Shohrux G‘iyosovning qo‘shimcha qilishicha, butun dunyoda turizm politsiyasining asosiy vazifalaridan biri noqonuniy ish olib borayotgan gidlarning faoliyatini tartibga solish hamdir. Chunki bu turistlarning xavfsizligi bilan chambarchas bog‘liq, dedi IIV matbuot kotibi. 

Top