15:29 / 06.05.2021
1630

Sud 17 nafar fuqaroni muddatidan oldin jazodan ozod qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat sudi matbuot kotibining Kun.uzga xabar berishicha, bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi sayyor sud majlisi o‘tkazgan.

Sud majlisida 17 nafar fuqaroni muddatidan oldin jazodan ozod qilish masalasi ko‘rib chiqilgan.

Ushbu 17 nafar fuqaro  Termiz shahar IIO FMB Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan bo‘lgan.

Sud insonparvarlik tamoyiliga tayanib, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan haqiqatda tuzalish yo‘liga o‘tgan 17 nafar shaxsni muddatidan oldin ozod qildi.

Top