11:18 / 06.05.2021
1195
Toshkentda dori vositasining 10 ming dollarlik noqonuniy savdosi fosh etildi 

Yunusobod tumanida dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, fuqaro X.U. va Sh.Sh. dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish orqali noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro E.J.ga 500ta konvaluta “ENOX 4000 anti-Xa IU/0/4ml” dori vositasining har bir konvalutasini 220 ming so‘mdan (21 AQSh dollari) hisoblab, 10 500 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top