Uzun tumani markazidagi ko‘prik atrofidan noma'lum shaxsning murdasi topildi. Uzun tuman hokimligi axborot xizmati Kun.uzga bu xabarni tasdiqladi.
Hozirda murdaning shaxsini, o‘lim sabablarini aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar, sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilmoqda.
Kun.uz muxbiri ushbu xabarga oydinlik kiritish uchun Surxondaryo viloyat IIB axborot xizmati bilan bog‘langanda, rasmiylar xodisani o‘rganib munosabat bilirishini ta'kidladi.