13:51 / 07.05.2021
4218

Hisob palatasiga davlat boji to‘lamasdan sudga murojaat qilish vakolati berilmoqda

2021 yil 7 may kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda moddama-modda atroflicha ko‘rib chiqdi.

Foto: Oliy Majlis

Qayd etilganidek, qonun loyihasida Hisob palatasining asosiy vazifa, funksiya, huquq va vakolatlarini amalga oshirish hamda sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish nazarda tutilgan.

Loyiha bilan Hisob palatasiga mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat boji to‘lamasdan sudga murojaat qilish vakolati berilmoqda. Shuningdek, Hisob palatasi tekshiruvlar o‘tkazish jarayonida unga kerakli hujjatlar, mutaxassislar ajratish majburiyati loyihada o‘z aksini topmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi, budjet mablag‘laridan maqsadli, oqilona hamda samarali sarflanishiga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Mavzuga oid
Top