09:52 / 07.05.2021
4365

O‘zbekiston Italiyaga 5 million dollardan ortiqroq to‘qimachilik mahsulotlari eksport qildi

Joriy yilning dastlabki 3 oyi davomida O‘zbekiston 54ta xorijiy davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi. Mazkur tarmoq o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,1 foiz o‘sishga erishgan.

O‘zbekiston 2021 yilning 1-choragida 54ta xorijiy davlatga qiymati 637,7 million dollarga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 174,9 million dollarga ko‘proq.

Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1-choragi davomida jami faoliyat yuritayotgan 5 080ta to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonaci tomonidan 11,5 trillion so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Ayni paytda respublika to‘qimachilik mahsulotlarining qariyb 60 foizga yaqini eksportga yo‘naltirilmoqda.

Mazkur tarmoq o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,1 foiz o‘sishga erishgan.

To‘qimachilik korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar sifatida Farg‘ona (15 foiz), Qashqadaryo (9,8 foiz), Toshkent (9,1 foiz) viloyatlari qayd qilingan.

2021 yilning 1-choragida O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 209,4 mln,
  • Xitoy – 170,1 mln,
  • Qirg‘iziston – 83,9 mln,
  • Turkiya – 65,9 mln,
  • Polsha – 15,4 mln,
  • Eron – 11,0 mln,
  • Ukraina – 10,7 mln,
  • Qozog‘iston – 10,3 mln,
  • Pokiston – 9,6 mln,
  • Misr – 6,9 mln,
  • Italiya – 5,2 mln,
  • Ozarboyjon – 5,1 mln AQSh dollari.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston 2020 yilda 70ta xorijiy davlatga qiymati 1,9 milliard dollarga teng to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. 2020 yil mobaynida O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining eng ko‘p qismi Rossiya (655,5 mln dollar), Xitoy (438,2), Qirg‘iziston (283,9) va Turkiya (206,1) davlatlariga eksport qilingan.

Top