15:52 / 07.05.2021
1533
Qarshida savdo do‘koni omboriga o‘g‘ri tushdi

«Darvozatutak» MFY hududida joylashgan «Artel» nomli savdo do‘koniga o‘g‘ri tushgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, 2021 yil 3 may kuni noma'lum shaxslar Qarshi shahar «Darvozatutak» MFY hududida joylashgan «Artel» nomli savdo do‘koni omborxonasiga kirib, 3.200.000 so‘mlik 3 dona «Artel» va 1 dona 4.200.000 so‘mlik «Avalon» rusumli sovutgichlar hamda 1 dona 32 dyumli «Artel» rusumli televizorni o‘g‘irlab ketgan.

Qarshi shahar «Qilichbek-qo‘rg‘oncha» MFYda yashovchi K.T. IIO FMB 4-sonli IIBga ariza bilan murojaat qildi.

Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQB va profilaktika xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni shaharning «Qarliqbog‘ot» MFYda yashovchi Z.A. sodir etilganligi aniqlangani aytilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top