20:25 / 07.05.2021
5090
Saudiya Arabistonida koronavirusga qarshi emlanmaganlarga ishga kelish taqiqlandi

Qayd etilishicha, yangi qoida barcha mansabdorlar, davlat va xususiy korxonalar, xayriya tashkilotlari xodimlariga taalluqli.

Foto: Reuters

Saudiya Arabistoni hukumati koronavirusga qarshi emlanmaganlarning ishga kelishini taqiqladi. Bu haqda qirollik inson resurslari va ijtimoiy rivojlanish vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, yangi qoida barcha mansabdorlar, davlat va xususiy korxonalar, xayriya tashkilotlari xodimlariga taalluqli. Ushbu qoida qachondan kuchga kirishi yaqin vaqt ichida ma'lum qilinadi.

Avvalroq Saudiya Arabistonida koronavirus pandemiyasi to‘g‘risida mish-mish va yolg‘on xabar tarqatganlik uchun 266 ming dollargacha jarima belgilangani xabar qilingandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni 17 maydan chegaralarni ochadi va o‘z fuqarolarining boshqa davlatlarga safarlariga cheklovlarni bekor qiladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top