20:15 / 07.05.2021
10191
Turkiya AQSh bilan F-35 samolyotlari bo‘yicha muzokaralarni tiklaydi

Turkiyaning F-35 dasturidan chiqarib yuborilishiga Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimining sotib olinishi sabab bo‘lgandi.

Turkiya AQSh mudofaa departamentidan F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish borasida maktub oldi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.

«Biz hech bir mamlakat F-35 dasturidan bir tomonlama tartibda chiqarib yuborilmasligini bildirgandik. Va AQShning maktubi haqligimizni isbotladi. F-35 muammosini hal qilish bo‘yicha AQSh bilan muloqot boshlanadi», — dedi Turkiya mudofaa sanoati boshqarmasi boshlig‘i Ismoil Demir. 

Turkiyaning F-35 dasturidan chiqarib yuborilishiga Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimining sotib olinishi sabab bo‘lgandi. Turkiya dastur ishtirokchisi sifatida 100 dona F-35 samolyoti olishi va ular uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishi lozim edi.

Turkiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar 2019 yil iyulda keskinlashgan va Qo‘shma Shtatlar Turkiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etgandi.

Top