02:08 / 07.05.2021
14173
Yevropa Ligasi. «MYu» va «Vilyarreal» finalda
Foto: Twitter/ManUtd

Yevropa Ligasida yarimfinalning javob bahslari bo‘lib o‘tdi. 

«Manchester Yunayted» Rimda «Roma»dan mag‘lubiyatga uchradi, ammo dastlabki bahsdagi yirik g‘alaba hisobiga finalga yo‘l oldi.

«Vilyarreal» Londonda «Arsenal» bilan durang o‘ynadi va o‘z maydonidagi g‘alaba evaziga final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Hal qiluvchi to‘qnashuv 26 may kuni Polshaning Gdansk shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Yevropa Ligasi. Yarimfinal. 6 may
Javob bahslari

Arsenal — Vilyarreal 0:0
Arsenal
– Leno, Belerin (Nketia, 90+1), Mari, Holding, Tirni (Villian, 80), Parti, Saka, Edegor (Martinelli, 66), Smit-Rou, Pepe, Obameyang (Lyakazett, 80). 
Vilyarreal – Ruli, Mario Gaspar, Albiol, Pau Torres, Pedrasa (Moreno, 90+1), Parexo, Koklen, Trigeros, Chukvueze (Pino 30, M.Gomes 90+1), Pako Alkaser (Bakka, 72), Jyerar Moreno.
Ogohlantirish: Pino (87), Nketia (90+2).
Birinchi o‘yin — 1:2.

Roma — Manchester Yunayted 3:2
Gollar:
Jyeko (57), Kristante (60), Zalevski (83) — Kavani (39, 68).
Roma – Mirante, Karsdorp, Bruno Peres (Santon, 69), Smolling (Darbo, 30), Manchini, Pellegrini, Kristante, Pedro (Zalevski, 76), Mxitaryan, Rojyer, Jyeko (Mayoral, 76). 
MYu – De Xea, Uan-Bissaka (Uilyams, 46), Bayi, Maguayr, Shou (Telles, 46), Fred, Fernandesh (Mata, 84), van de Bek, Pogba (Matich, 64), Kavani (Reshford, 73), Grinvud.
Ogohlantirishlar: Uan-Bissaka (18), Fred (58), Karsdorp (72), Kavani (72), Kristante (84), Uilyams (90+2).
Birinchi o‘yin — 2:6.

Top