12:10 / 07.05.2021
9364

Zoyir Mirzayev koronavirusdan tuzaldi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev koronavirusdan tuzalgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev koronavirus infeksiyasini yuqtirib, Toshkentda davolanayotgan edi. Ma'lum bo‘lishicha, u sog‘ayib Qarshiga qaytgan.

Qayd etilishicha, Zoyir Mirzayevning ahvoli ancha yaxshi. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning xabar berishicha, bugun u 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda qatnashadi va Qarshi shahrida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishadi.

 

 

Top