15:49 / 08.05.2021
9226

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 80 nafarga yaqin inson halok bo‘ldi

Hukumatning ma'lumotlariga ko‘ra, suv toshqinlari natijasida 307ta uy vayron bo‘lgan va ikki mingdan ortiq uyga turli darajada zarar yetgan.

Afg‘onistonning turli hududlarida kuchli yomg‘irlar oqibatida sodir bo‘lgan suv toshqinlari 78 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi.

Tolo News telekanalining xabar berishicha, kamida 32 kishi bedarak yo‘qolgan.

Hukumatning ma'lumotlariga ko‘ra, suv toshqinlari natijasida 307ta uy vayron bo‘lgan va ikki mingdan ortiq uyga turli darajada zarar yetgan.

Avvalroq 1TV telekanali Badahshon, Bog‘lon, Hirot, G‘o‘r, Dayko‘ndi va Bomyon viloyatlarida suv toshqinlari sodir bo‘lgani haqida xabar bergandi.

ShamshadNews kanalining xabar qilishicha, ko‘plab qishloq xo‘jaligi maydonlari suv ostida qolgan.

Top