20:08 / 08.05.2021
6395
Kobuldagi portlash oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi

Ma'lumot berilishicha, Kobuldagi qizlar maktabi yaqinida uchta portlash sodir etilgan. 

Afg‘oniston poytaxti Kobul g‘arbidagi maktab yaqinida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi, 46 kishi jarohat oldi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib 1TV telekanali xabar berdi.

Ma'lumot berilishicha, Kobuldagi qizlar maktabi yaqinida uchta portlash sodir etilgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlashlarga mashinaga o‘rnatilgan bomba sabab bo‘lgan. Biroq mamlakat xavfsizlik xizmati vakillari bu ma'lumotni tasdiqlamagan.

Avvalroq 1TV telekanali ichki ishlar vazirligi portlashlarni tasdiqlagani, ammo hodisa qurbonlari soni to‘g‘risida ma'lumot bermaganini xabar qilgandi.

Top