07:56 / 08.05.2021
890
Kun.uz’da e'lon qilingan reportajdan so‘ng Dang‘ara tumani hokimi bog‘chaga bordi

Yaqinda Kun.uz saytida «Qurilishga mablag‘ kesilgani tufayli Dang‘aradagi bolalar bog‘chasi ochilishi kechikmoqda» sarlavhasi ostida reportaj e'lon qilingan edi. 

Dang‘ara tumani hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, tuman hokimi boshchiligidagi bir guruh mutasaddi tashkilot rahbarlari tumanning «Sanam» MFY, Eski shildir qishlog‘ida joylashgan 13-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘lib, bu yerdagi mavjud muammolarni o‘rgangan. 

Ta'kidlanishicha, tuman hokimi muassasa faoliyatini boshlash uchun tuman elektr ta'minoti korxonasi tegishli mas'ullariga elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriq bergan. 

Shuningdek, tuman hokimi muassasaning har bir xonalarini o‘rganib, qurilish bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha quruvchi tashkilot rahbari bilan uchrashib ko‘rsatmalar bergan. 

Top