15:54 / 08.05.2021
5408

Daromadi past mamlakatlar Pfizer vaksinasiga buyurtma bermagani ma'lum qilindi

Qator mamlakatlar Pfizer va BioNTech kompaniyalari vaksinasini sotib olmaslikka qaror qilgan. Bu haqda Pfizer ijrochi direktori Albert Burlaga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Burlaning so‘zlariga ko‘ra, u daromadi o‘rtacha va past bo‘lgan mamlakatlarga vaksina g‘amlab olishlarini so‘rab, vaksina zaxirasi cheklanganini aytib murojaat qilgan, ammo ular bu taklifdan voz kechgan.

«Biz barcha mamlakatlarga buyurtma berishlarini so‘rab murojaat qildik. Daromadi yuqori davlatlar vaksinaning katta qismini zaxiralab oldi», – dedi Burla.

Uning qayd etishicha, Pfizer va BioNTech narx belgilashning ko‘p darajali modelidan foydalanadi. O‘rtacha daromadga ega mamlakatlar yuqori daromadga ega mamlakatlarga nisbatan ikki baravar arzonroq pul to‘laydi, past daromadli mamlakatlar esa vaksinani tannarxiga sotib oladi.

Pfizer va BioNtech bu yil 110dan ortiq mamlakatga 3 mlrd doza vaksina yetkazib berishni mo‘ljallamoqda.

Mavzuga oid
Top