14:59 / 08.05.2021
7189
Qozog‘istonda 9 may bayrami tantanalari o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

Avvalroq respublika mudofaa vazirligi qozog‘istonlik urush faxriylarini tabriklash sanitar-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib amalga oshirilishini bildirgandi.

Foto: Turar Kazangapov

Qozog‘istonda murakkab epidemiologik vaziyat sababli 9 may bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi Berik Ualining yozishicha, davlat rahbari vatandoshlarni bayram bilan tabriklab murojaat qiladi.

Avvalroq respublika mudofaa vazirligi qozog‘istonlik urush faxriylarini tabriklash sanitar-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib amalga oshirilishini bildirgandi. Rejalashtirilishicha, bayramga bag‘ishlangan aksariyat tadbirlar onlayn shaklda o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, mamlakatdagi epidemiologik vaziyat sababli harbiy parad ham o‘tkazilmaydi.

Ma'lumot berilishicha, o‘tgan sutkada Qozog‘istonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 2587ta holat aniqlangan.

Top