07:09 / 08.05.2021
3662

Uy-joy muammosi sabab kelinini kaltaklagan qaynog‘a ma'muriy javobgarlikka tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Denovlik shifokor, "Qaqnus" xususiy tibbiyot maskani shifokori Gulmurod Xandalov uy-joy masalasida kelinini kaltaklagani aks etgan videolavha tarqalgandi. Ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan ushbu lavha yuzasidan Surxondaryo viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Rasmiy munosabatda "Gulmurod Xandalovning uy-joy masalasida Qayumova Sarvinozga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi Denov tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Xandalov Gulmurodga nisbatan Denov tuman sudi tomonidan 2021 yil 7 may kunidagi qarori bilan MJtKning 40 moddasi, 41 moddasi, 52 moddasi 2 qismi, 61-2 moddaning 1 qismi, 200 modda qo‘llanib, aybli deb topildi. Unga nisbatan eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Tomonlarning uy-joy masalasidagi nizo fuqarolik tartibida hal qilinishi tushuntirildi",-deyiladi.

Mavzuga oid
Top