12:25 / 08.05.2021
10984

Yengil avtomobil eksporti qariyb 60 foizga oshdi

O‘zbekiston 2021 yilning 1-choragi davomida xorijiy davlatlarga qiymati 87,4 million dollarga teng yengil avtomobillar eksport qildi. Engil avtomobillar asosan Qozog‘istonga (8 468 dona) olib chiqilgan.

Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,9 million dollarga  oshgan.

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar:

  • Qozog‘iston – 82,6 mln
  • Ukraina – 1,5 mln
  • Afg‘oniston – 1,3 mln
  • Qirg‘iziston – 963,3 ming
  • Ozarboyjon – 444,7 ming
  • Rossiya – 313,0 ming
  • Tojikiston – 134,4 ming AQSh dollari.

2021 yilning yanvar—mart oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar:

  • «Cobalt» — 12 682 dona;
  • «Damas» — 12 051 dona;
  • «Lacetti-Gentra» — 8 399 dona;
  • «Nexia T-250» — 6 958 dona;
  • «Labo» — 2 564 dona;
  • «Spark» — 1 800 dona.

Ma'lumot uchun, joriy yilning dastlabki 3 oyida avtomobil ishlab chiqarish hajmi 41,2 foizga kamaygan. Eng katta kamayish «Spark» ishlab chiqarishda qayd etilib, 78,2 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, «Nexia T-250» ishlab chiqarish ham 66,4 foizga pasaygan. Zavodda ishlab chiqarish jarayonining pasayishi yanvar oyidan boshlangan edi. Joriy yilning dastlabki oyida ishlab chiqarish jarayoni 4,2 barobarga qisqargan. Bu pasayish dekabr–yanvar oylarida Asakadagi zavodda ishlar to‘xtatilishi bilan izohlangan.

Top