10:20 / 09.05.2021
6618
«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi «Buxoro» neftni qayta ishlash zavodida GTL sintetik kerosinini saqlash uchun qilinayotgan ishlar holatini o‘rgandi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida “Buxoro” neftni qayta ishlash zavodida bo‘ldi.

Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruhi” “GTL” sintetik kerosinini saqlash uchun 5 ming kub metr hajmdagi 2 ta saqlash sig‘imining qurilish ishlari bilan tanishdi.

O‘z navbatida, 31 ming tonna sintetik kerosinni qayta ishlash borasida qilinayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Boshqaruv raisi qurilish ishlari belgilangan muddatlarda amalga oshirilmayotganini tanqid qildi va qurilish ishlariga mas'ul bo‘lgan “Muborakneftgazmontaj” AJ rahbari Kushayev Bahrom Boltayevichni ogohlantirdi.

Belgilangan vazifalar o‘z vaqtida ijro qilinishi hamda qisqa muddatda qurilish yakunlanishi kerakligi bo‘yicha topshiriqlar berdi.

“GTL” sintetik kerosinini saqlash uchun qurilayotgan saqlash sig‘imlarining qurish ishlarini joriy yilning iyun oyiga qadar to‘liq yakunlash kerakligi bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Shu o‘rinda ta'kidlash kerakki, Boshqaruv raisi “Paxta neft bazasi” aynan Jamiyat mablag‘larining tejalishi va bor imkoniyatlardan unumli foydalanish maqsadida “Buxoro” neftni qayta ishlash zavodi ixtiyoriga o‘tkazilayotganini aytib o‘tdi.

Aynan shu orqali 130 mlrd so‘m mablag‘ tejab qolinayotgani va bu maqsadli ishlarda foydlanishi qo‘shimcha qilindi.

Tashrif davomida qurilish ishlari Bosh loyihachisi O‘zLITI mutaxassislari bilan birgalikda qurilish ishlarini sifatli yakunlash kerakligi alohida ta'kidlandi.

Sho‘ o‘rinda ta'kidlash kerakki, ushbu qurilish ishlari zamirida yonilg‘i mahsulotlarini ishlab chiqarish va raqobatdoshligini ta'minlash turadi.


“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Top